Kafedra nomi: “SUD TIBBIYOTI VA TIBBIYOT XUQUQI”
Kafedra o’quv-ta’lim resurslari va dasturiy ta’minotni tadbiq etish Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2001 yil 29 avgustdagi 207 – sonli hamda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining 2001 yil 21 sentabrdagi 166 – sonli buyruqlari asosida tashkil etilgan.
Kafedra faoliyati O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Oliy ta’lim muassasasi nizomi bo’yicha boshqariladi va institutning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Sud tibbiyoti- ilmiy amaliy tekshirish usuli bo’lib sud va tergov organlari faoliyatida tibbiyotga va biologiyaga oid savollarga javob beradigan mustaqil tibbiyot yo’nalishidir.
Sud tibbiyoti ekspertizasining vazifalari:
1. Xuquqni ximoya qiluvchi tashkilotlarga aholi hayotiga va sog’iga qarshi jinoyatlar (jinoiy va fuqarolik) ishlarini echimini topishga ko’maklashish;
2.Sogliqni saqlash tashkilotlariga davolash va tibbiy profilaktika ishlari sifatini oshirishga yordamlashish
Kafedra 4 hududda joylashgan:
O'zbekiston Respublikasi Sud-tibbiyoti ekspertiza Bosh byurosi xududi ( Toshkent, Olmazor tumani, Shifokorlar 2 ko’chasi, 7M. 2 qavat)